Nókis q., Sh.Abdirov kóshesi, 1/1 jay +998(61) 223-54-21 info@berdakhmuseum.uz

"Milliy merosga mening hissam!" umumxalq aksiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi PQ-261-son qarori bilan tasdiqlangan "2022-2023-yillarda davlat muzeylarida tashkil etiladigan qo‘shimcha xizmatlar manzilli rejasi"ning 8.3-bandida belgilangan "Milliy merosga mening hissam!" umumxalq aksiyasi doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lum qilamiz.

2024-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi "Milliy merosga mening hissam!" aksiyasi doirasida yil davomida 300 dan ortiq eksponatlar mahalliy aholi tomonidan beg‘araz topshirildi. Muzey tomonidan "20-30-noyabr kunlari oralig‘ida aksiya" e’lon qilinib, mahalliy aholi tomonidan eksponatlar to‘plash davom ettirildi.

22-27-noyabr kunlari "Milliy merosga mening hissam!" nomli ko‘rgazma tashkil etildi va ko‘rgazma davomida aholi tomonidan yig‘ilgan eksponatlar egalari muzey tomonidan esdalik sovg‘alari va "Hurmat yorliqlari" bilan taqdirlandi.

© All Rights Reserved.